Hakamning o‘z qarorini bekor qilishiga esa Akostadan jabr ko‘rgan raqib jamoa – "Filadelfiya"ning yarim himoyachisi Xaris Medunyaninning e'tirozi sabab bo‘lgan. Medunyanin Akosta maydon chetida unga qo‘llagan qo‘polligi uchun qizil kartochkaga loyiq emasligini aytgan. Hakam uning fikriga qo‘shilib, jazoni bekor qilgan.
"Men hakam yoniga borganimda u menga "U seni tepdi", dedi. Men esa "U meni tepdi deb o‘ylamayman, fikrimcha, bu shunchaki turtki bo‘ldi", deb aytdim. Fikrimcha, o‘sha holatda qizil kartochka bo‘lmagandi", deb aytdi o‘yindan keyin Medunyanin.











