«Real» himoyaçisi Serxio Ramos Ispaniya çempionatida qizil kartoçka oliş böyiça antirekordçi böldi. Uşbu himoyaçi Ispaniya çempionatining 14-turida «Atletik»ka qarşi öyinda ikki marta sariq kartoçka olib, maydonni tark etdi.
31 yoşli futbolçi öyinning 86-daqiqasida raqib hujumçisi Arits Adurisning boşiga tirsagi bilan urgani uçun jazolandi.
Bu qizil kartoçka uning faoliyatida Ispaniya çempionati öyinlarida olingan 19-qizil kartoçka böldi.
Şu tariqa, Ramos bu körsatkiç borasida allaqaçon faoliyatini yakunlagan futbolçilar Pablo Alfaro va Xavi Aguadodan özib ketdi. Uşbu markaziy himoyaçilar Primera öyinlarida 18 marta haydalgandi.
«Atletik» va «Real» uçraşuvida hisob oçilmay qoldi.

















