Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Isroil bosh vaziri so‘roq qilinadi
Isroil politsiyasi yaqin kunlarda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni korrupsiyaga gumon bilan so‘roq qiladi, deb xabar bermoqda "Gaarets" gazetasi.
Shu bilan birga Isroil telekanallari so‘roq qilish 2 yanvarda bosh vazir qarorgohida o‘tkazilishi mumkinligini ma'lum qilishgan.
Netanyaxu va uning oila a'zolari tadbirkorlardan yuz minglab shekel (Isroil pul birligi) turuvchi sovg‘alar olishda gumon qilinishmoqda. Politsiya ushbu ish bo‘yicha Isroil va xorijdagi guvohlarni so‘roq qilib bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, ulardan biri, bosh vazirning do‘sti – tadbirkor Ron Lauderning ko‘rsatmalari ishning tergov qilinishida katta oldinlashga olib kelgan. Tadbirkorning ta'kidlashicha, Netanyaxu undan turli sovg‘alar olgan hamda uning o‘g‘li Yairning xorijga safariga xomiylik qilgan.
Huquq-tartibot muassasalari bosh vazirning so‘roq qilinishi boshqa bir jiddiyroq ishga oydinlik kiritishiga umid qilishmoqda. Ikkinchi ish tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Bosh vazirning o‘zi barcha ayblovlarni inkor qilmoqda. "Ular hech narsaga kelishmaydi, chunki hech narsa yo‘q", deb aytdi Isroil bosh vaziri.