Tailandda ta'tilning ilk kunlarida YTH tufayli 280 kishi halok bo‘lgan
Tailandda Yangi yil ta'tillarining dastlabki 4 kuni davomida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida ikki yuz sakson kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi markazi ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 29 dekabrdan 4 yanvarga qadar Tailandda Yangi yil ta'tili e'lon qilingan va bu yilning eng xavfli ikki haftasidan biri hisoblanadi. Aprel oyida tailandliklarning milliy Yangi yili nishonlanadigan hafta davomida ham yo‘llarda harakatlanish qiyinlashadi. Bunday kunlarda Tailand poytaxtidan millionlab kishilar viloyatlarga yo‘l olishadi va yo‘llarda mast holatdagi haydovchilar turli miqyosdagi yo‘l transport hodisalarini sodir etishadi.
Yakshanba kuni, bayramning to‘rtinchi kuni mamlakatda 775ta YTH qayd etilgan, bu yo‘l-transport hodisalari oqibatida 81 kishi halok bo‘lgan va 778 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. 29 dekabrdan buyon YTH tufayli halok bo‘lganlar soni 280 nafarni tashkil qildi. Bu 2016 yilning shu davri bilan solishtirganda 10 foizga ko‘pdir.
Tailand yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir bo‘ladigan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Bugun ham Tailand sharqidagi Chonburi viloyatida mikroavtobus va pikapning to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024