Tailand şarqidagi Çonburi viloyatida mikroavtobus va pikapning töqnaşib ketişi oqibatida kamida 25 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda Khaosod naşri.
Yöl-transport hodisasi duşanba kuni Banbing tumanida röy bergan. Çantxaburi şahridan poytaxt Bangkokka yöl olgan mikroavtobus pikap bilan töqnaşib ketganidan söng yonib ketgan.
Guvohlarning sözlariga köra, mikroavtobus çorrahadan ötib ketgan va içida yölovçilar bölgan pikap bilan töqnaşgan.
Naşrning politsiyaga asosan xabar berişiça, mikroavtobus haydovçisi transport vositasi rulida uxlab qolgan va bu avtohalokatga sabab bölgan bölişi mumkin.
Ma'lumot uçun, Tailandda yangi yil bayrami vaqtida köplab YTH sodir böladi. Yer usti transporti departamentiga köra, qirollik hududida 29 dekabr-1 yanvar kunlari röy bergan yöl-transport hodisalari oqibatida 280 kişi halok böldi, 2,8 ming inson jarohat oldi. Avtohalokatlarga aksariyat hollarda mast holda maşina boşqariş sabab böladi.

















