20:30 / 03.01.2017
18758

2016 yil noqonuniy ravishda eng ko‘p yuklab olingan film nomi ma'lum bo‘ldi

Fantastik janrda bo‘lmish «Dedpul» kartinasi 2016 yil butun dunyo bo‘yicha noqonuniy ravishda ko‘chirib olingan eng ommabop film bo‘ldi. Bu haqda Time xabar bermoqda.

Bu borada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda «Betmen Supermenga qarshi: Adolat bo‘sag‘asida» va «Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik» filmlari bormoqda. Ro‘yxatda, shuningdek, jahon kinematografiyasining eng ommabop bo‘lgan boshqa filmlari ham joy olgan.

 

Top