Jahon | 08:37 / 04.01.2017
3153
1 daqiqa o‘qiladi

Ford rahbariyati Meksikadagi ishlab chiqarishdan voz kechdi

Ford kompaniyasi rahbariyati Meksikada yangi korxona qurishga 1,6 mlrd dollar kiritishdan voz kechdi, deb xabar bermoqda CNBC.

Kompaniya vakillarining aytishicha, kompaniya Michigan shtatidagi ishlab chiqarishni rivojlantirishga 700 mln dollar kiritmoqchi, bu esa 700 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratishga imkon beradi.

Avvalroq AQShning yangi prezidenti Donald Tramp General Motors kompaniyasini Meksikadan AQShga boj to‘lovisiz mashinalar olib kirishi uchun tanqid qilgandi. Keyinroq kompaniya o‘z nomiga bildirilgan bu aybni rad etgandi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid