Focus2Move xabariga köra, uşbu avtomobil savdosi yillik hisobda 15,1 foizga kamaygan bölsa-da, hali ham Amerika bozorining 4,5 foizini egallamoqda.
Ford F-Series - 1948 yildan beri Ford Motor Company tomonidan işlab çiqarilayotgan afsonaviy töliq ölçamli pikaplar seriyasidir. Bugungi kungaça zavod 40 milliondan ortiq şunday avtomobillarni işlab çiqargan.
Ikkinçi örinni Chevrolet Silverado egalladi, u ham töliq ölçamli pikap hisoblanadi. U 1990-yillarda işlab çiqarila boşlangan va bugungi kunda Amerika bozorining 3,6 foizini egallaydi.
Ta’kidlaş joizki, Ford F-Series va Chevrolet Silverado zamonaviy versiyalari bozordagi eng katta seriyali avtomobillardan biridir. Şunday qilib, F-Series modelining köpçilik versiyalarining uzunligi 5800 mm dan oşadi.
Ford F-Series va Chevrolet Silverado konstruktiv jihatdan oddiy yengil avtomobillarga qaraganda tölaqonli yuk maşinalariga yaqinroq. Şu bilan birga, ikkala model ham juda qulay va kundalik sayohatlar uçun foydalaniş mumkin.
Umuman olganda, Amerika avtomobil bozorining önta yetakçisi quyidagiça:
Ford F-Series (sotuvlar 15,1 foizga kamaygan);
Chevrolet Silverado (-1%);
Honda CR-V (+2,5%);
Ram Pickup (+16,7%);
Toyota Camry (+13,4%);
GMC Sierra (-3,9%);
Chevrolet Equinox (-4,7%);
Tesla Model Y (+3,5%);
Nissan Rogue (+30,3%);
Toyota RAV4 (-40%).








