Jamiyat | 19:57 / 05.01.2017
6560
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 75 yoshdan oshganlarni keksalar deb hisoblash taklif qilindi

Yaponiyaning gerontologik (gerontologiya – tirik organizmlarning qarishini o‘rganuvchi fan) jamiyati hozirgidagidek 65 yoshli kishilarni emas, balki 75 yoshdan oshganlarni rasman keksa odamlar deb hisoblashni taklif qildi. Bunday bayonot bilan jamiyatning ishchi guruhi raisi, doktor Yasuyosi Outi chiqdi.

"Keksa deb ataluvchi odamlar biologik nuqtai nazardan hozirda taxminan 5-10 yilga yosharganlar. Yosh ishchilar soni kamayayotgan sharoitda, agar biz keksa deb hisoblanuvchi odamlar ongini o‘zgartirsak, bu jamiyatni qo‘llab-quvvatlaydi", deb aytdi doktor. 

Outi bu taklif qarish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tibbiy jamiyat vakillari bilan batafsil maslahatlashuvlardan keyin tayyorlanganini aytdi. Bir ta'rifning o‘zigina o‘zida kuch his qiluvchi 65 yoshdan katta odamlarga ishlash yoki volontyorlik faoliyatida ishtirok etishni davom ettirishga imkon beradi.

Yaponiyadagi asosiy demografik muammolardan biri aholining qarishi hisoblanadi, yosh yaponlar borgan sari kam oila qurmoqdalar va farzand dunyoga keltirmoqdalar, turmush darajasining yuqoriligi va oliy darajadagi tibbiyot evaziga o‘rtacha hayot davomiyligi muntazam oshmoqda. Natijada, prognozga ko‘ra, qarishning hozirgi sur'atlari saqlanib qoladigan bo‘lsa, 2040 yilga kelib Yaponiyaning 65 yoshdan katta odamlari hisobiga 36 foiz aholi to‘g‘ri keladi.

Biroq "65 yoshdan kattalar" toifasiga kiruvchilar yoshlariga qaramasdan faol turmush tarzini davom ettirmoqdalar. Keksa yoshdagilarning 22 foizi ishlaydi, ko‘pchiligi sport zallari va fitnes-markazlarning faol mijozlari hisoblanadilar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid