Jahon | 12:06 / 05.01.2017
4718
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning 400 mingdan ortiq fuqarosi partiya intizomini buzgani uchun jazolandi

Foto: AP

XXRning 415 ming fuqarosi o‘tgan yil davomida partiya intizomini buzgani uchun jazoga tortilgan. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy komissiyasidagi manbasiga asoslangan holda Xinhua agentligi xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu kabi jazolashlarning yarmidan ortig‘i qishloq joylarga to‘g‘ri kelgan. Komissiyaning 4 yanvardagi xabariga binoan, Xitoy partiya nizomiga rioya qilmagani uchun 42,4 mingdan ortiq mulozim ma'muriy jazoga tortilgan. Bu 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 25 foizga ko‘p demakdir. 

Intizomiy qoidabuzarliklarning 89 foizi davlat idoralari va viloyat darajasidagi tashkilotlar vakillari tomonidan sodir etilgan. Ikkinchi o‘rinda, rasmiy shaxslarga pulli hadyalar va sovg‘alar turadi. Bundan tashqari, davlat hisobidan dabdabali tanovul qilish, xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, davlat g‘aznasi mablag‘lari hisobiga sayohatlarni amalga oshirish, shaxsiy va boshqa bayram tadbirlarini uyushtirish shular jumlasidan. 

Xususan, korrupsiyaga yo‘l qo‘ygani uchun Tyantszin shahri sobiq rahbari Xuan Singo XKP safidan o‘chirilgan. XXR huquq-tartibot idoralari hukumat kadrlarini tayyorlash bo‘yicha davlat idorasi partiya qo‘mitasi rahbari Gao Yuytsinni qo‘lga olish bo‘yicha order bergan.

Mavzuga oid