Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaga yangi vitse-prezident tayinlandi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro agar o‘zi iste'foga ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini egallaydigan yangi vitse-prezidentni tayinladi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.
Maduro telemurojaat vaqtida mamlakat shtatlaridan birining gubernatori 42 yoshli Tarik Al-Ayssamiyni vitse-prezident lavozimiga 2017-2018 yillarga tayinlaganini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Maduro iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Ramon Loboni, neft sanoati vaziri lavozimiga esa Nelson Martinesni tayinlagan.
Venesueladagi inqiroz muxolif parlament ishi boshlangandan keyin murakkablashdi. Hozirda qonunchilik va ijrochi hokimiyat o‘rtasida hech qanday o‘zaro aloqa yo‘q. Prezident muxolifatni "parlament to‘ntarishini" amalga oshirishga urinishda ayblamoqda, parlament esa prezident tomonidan konstitutsiya buzilganini aytmoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026