Venesuelada 25 iyun kuni sodir bölgan egizak zilzilalar oqibatida halok bölganlar soni 1500 kişiga yaqinlaşdi. Mamlakatning eng köp zarar körgan La-Guayra ştatiga xorijiy qutqaruv guruhlari yetib kelmoqda.

Reutersʼning yozişiça, Karakasdan taxminan 40 km şimolda joylaşgan uşbu ştatda önlab binolar vayron bölib, qum va vayronalar uyumiga aylangan.

«Qutqaruv va tiklaş işlari davom etmoqda. Bugun (yakşanba) biz odamlarni tiriklayin qutqardik, şuning uçun operatsiyalar töxtatilmaydi. Biz har doim umidni saqlab qolamiz», dedi muvaqqat prezident Delsi Rodriges. Şuningdek, u binolarning yaşaş uçun yaroqliligini aniqlaydigan prezident komissiyasi tuzilganini e’lon qildi.

2026-06-29 09.27.35

Bir neçta vazirlari hamrohligida gapirgan Rodriges maktablarda darslar yana bir haftaga töxtatilişini va La-Guayrada elektr ta’minoti 75% gaça tiklanganini aytdi.

Avvalroq Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges yakşanba kuni qurbonlar soni 20 kişiga köpayib, 1450 nafarga yetganini ma’lum qilgandi. Uning qöşimça qilişiça, 3150 kişi jarohatlangan, 12 721 kişi uy-joyini tark etişga majbur bölgan va 774 ta bino vayron bölgan.

2026-06-29 09.27.50

«Biz hayotlarni qutqarişni davom ettiriş va uylaridan ayrilgan yoki qandaydir sabablarga köra öz turar joylariga qayta olmayotgan odamlar yaşaşi uçun lagerlar quriş uçun öta oğir va hal qiluvçi soatlarni boşdan keçirmoqdamiz», dedi u.

2600 dan ortiq xorijiy qutqaruvçilar yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va köngillilar kunlab vayronalar ostidan omon qolganlar va jasadlarni olib çiqdi. Ular köpinça oğir texnika yetişmasligi va rasmiylarning kamligidan şikoyat qilişdi. Şu bilan birga yuzlab afterşoklar zararni yanada kuçaytirdi va aholini xavotirda uşlab turdi.

Şu dam oliş kunlarida hukumat şanba oqşomiga qadar kamida 33 kişi, jumladan bir neçta bolalar qutqarilganini, biroq ön minglab odamlar hamon bedarak yöqolganlar röyxatida qolayotganini ma’lum qildi.