Jahon | 08:01 / 05.01.2017
6176
2 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Oq uy hujjatlari haqidagi ma'lumot uchun mukofot miqdorini oshirdi

Foto: AFP 2016/ Brendan Smialowski

Maxfiy ma'lumotlarni e'lon qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks sayti prezident Barak Obama ma'muriyatining muhim hujjatlari yo‘qolgani haqidagi axborot uchun mukofotni 30 ming dollargacha oshirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda

"Biz taqdim etilgan xayriya yordami evaziga muhim ma'lumotlarni yo‘q qilib yuboradigan Obama ma'muriyati vakilining hibsga olinishi yoki fosh etilishi uchun mukofotni 30 ming dollarga yetkazdik", — deyiladi WikiLeaks saytining Twitter mikroblogida.

Avvalroq, WikiLeaks Obama ma'muriyatining josuslari haqidagi ma'lumot uchun 20 ming AQSh dollari miqdorida mukofot e'lon qilgan edi. 

WikiLeaks sayti ushbu taklif bilan birga AQSh Milliy arxivining 2009 yildagi maktubini e'lon qildi. Unda Klinton apparati haqidagi 2 terabayt ma'lumotga ega qattiq disk yo‘qolgani xususida so‘z boradi. Maktubda ta'kidlanishicha, diskdagi ayrim ma'lumotlar maxfiylik darajasiga ega, qolgani Oq uy xodimlari haqidadir. 

 

Mavzuga oid