Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Janubiy Koreyadagi elchisini haykal sabab chaqirib oldi
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga mamlakat hukumati Janubiy Koreyadagi elchisi Yasumasu Nagamineni vaqtinchalik chaqirib olishga qaror qilgani haqida ma'lum qildi. Bu Yaponiyaning Pusandagi bosh konsulligi ro‘parasida Ikkinchi jahon urushi vaqtida yapon istilochilari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgan ayollarga haykal o‘rnatilishiga javob chorasi sifatida amalga oshirildi, deb xabar beradi RIA "Novosti".

«Bunday harakatlar ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, bu nomaqbul ishdir. Biz Janubiy Koreyadagi elchimizni vaqtinchalik chaqirib olishga qaror qildik», - dedi Suga.

Ta'kidlanishicha, haykal Pusanda Janubiy Koreya jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tgan yilning 28 dekabr kuni, mahalliy hukumat bilan kelishilmagan holda o‘rnatilgan. Uni o‘sha kunning o‘zidayoq olib tashlashgan. Biroq faollar 30 dekabr kuni shahar ma'muriyati tasdig‘ini olishga muvaffaq bo‘lishdi hamda haykal Yaponiya diplomatik vakolatxonasiga yaqin joyda yana o‘rnatildi.
Ma'lumot uchun, yana bir shunday haykal Yaponiyaning mamlakat poytaxti Seul shahridagi elchixonasi yonida bir necha muqaddam o‘rnatilgan.

Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026