Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat byudjyetiga deyarli 14 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan maktabdagi jinoiy guruh jazoga tortildi
Buxoro tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli umumta'lim maktablaridan birining direktori Lola Jamolova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) boshchiligida maktab xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri Tolib Majidov, bosh hisobchi Oysha Obloqulova hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasima Avezova mansab mavqelarini suiiste'mol qilib, rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritishadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Shu tariqa maktabda farroshlik qilmagan D.Rahmatova, mavsumiy o‘t yoquvchi bo‘lib ishlamagan D.Rahmatov, F.Shukrullayev, M.Hojiyev, A.Avezov hamda qorovullik qilmagan S.Ortiqovga rasmiy hujjat hisoblangan oylik tabel hisobotlari va to‘lov qaydnomalari yuritilib, “tuya ko‘rdingmi, yo‘q” qabilida faoliyat olib boriladi. Bu kimsalarning soxtakorligi oqibatida davlat byudjyetiga 13 million 644 ming so‘m miqdorida zarar yetkaziladi.
Shuningdek, birgalikdagi jinoiy harakatlar davom ettirilib, 2012-2014 o‘quv yilida yana 29 mln. 148 ming so‘mlik ustama to‘lovlar maktab o‘qituvchilariga qonun talablariga zid tarzda to‘lab berilganligi ham hujjatli tekshirishlarda ma'lum bo‘ldi.
Sud hukmi bilan jinoiy guruh a'zolari qonuniy jazoga tortildi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026