17:19 / 06.01.2017
13723

Samsung’dan ta'sirli video: «Qayerda bo‘lsangiz ham biz sizga g‘amxo‘rlik qilamiz»

Samsung kompaniyasining Hindistondagi bo‘limi «Qayerda bo‘lsangiz ham biz sizga g‘amxo‘rlik qilamiz», deb nomlangan ta'sirli videoni taqdim etdi. Unda xizmat mashinasi mamlakatning eng olis hududlariga ham borishi aks etgan. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Rolikda televizori ishlamay qolgan qizga yordam berishga shoshilgan Samsung muhandisi haqida hikoya qilinadi. U yo‘lda uchragan qiyinchiliklarga qaramay, qizning oldiga o‘z vaqtida yetib boradi. Yigit tashrif buyurgan joy ko‘rish qobiliyati past nogiron bolalar uyi bo‘lib chiqadi. Muhandisning yordami tufayli yosh hindlar o‘z uylari tarbiyalanuvchisining televizor orqali chiqishini tinglashadi.

Ma'lumot uchun: Samsung kompaniyasi Hindistonda 3 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ochgan. Shuningdek, mijozlarga yordam berish uchun 535ta avtomobil ajratgan.

Top