Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Oq uyda bir qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi
Foto: AP
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyning bo‘lajak devoniga bir qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda respublikachining shtabi xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Oq uyning ichki siyosat bo‘yicha kengashi direktori lavozimiga Endryu Bremberg tayinlandi. U avval Respublikachilar partiyasida yirik amaldor bo‘lgan.
Bundan tashqari, Tramp iqtisodchi Pol Uinfrini Oq uy kengashining byudjyet siyosati bo‘yicha o‘rinbosari va mutasaddisi etib tayinladi. Uinfri bunga qadar bir qator yirik ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida mehnat qilgan.
Milliarderning bo‘lajak katta maslahatchisi Stiven Miller Oq uyning ichki siyosat kengashiga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.
Adliya va xavfsizlik masalalari bilan esa Jon Zadrozni shug‘ullanishi belgilandi. U so‘nggi olti yil davomida AQSh kongressining yuqori va quyi palatalarida ishlagan.
Shuningdek, Tramp Oq uy kengashining sog‘liqni saqlash, shahar rivojlanishi, ta'lim va muhojirlik siyosati bo‘yicha faoliyat yo‘nalishlariga ham rahbarlar tayinladi.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026