AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp Oq uydagi Janubiy maysazor hududida prezident qarorgohi şaklidagi asalari qutisini örnatiş tadbirida qatnaşdi.
Yangi uya örnatilişi bilan AQŞ prezidenti qarorgohidagi asalari oilalari soni törttaga yetdi. Ular hududdagi poliz, gulzor va Milliy alleyadagi ösimliklarni çanglatadi.
Qayd etilişiça, qulay yillarda 100 kg dan oşişi mumkin bölgan asal yetiştiriş hajmi yana 13,5 kg ga oşişi kutilmoqda. Bu asaldan Oq uyda foydalaniladi, şuningdek mahalliy oziq-ovqat korxonalariga sovğa qilinadi.

Associated Press agentligining yozişiça, uya örnatilişi asalariçilikni faol qöllab-quvvatlovçi qirol Karl III va qiroliça Kamillaning yaqin kunlarda bölib ötadigan davlat taşrifiga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi.
Donald Tramp iştirok etgan tadbirda yuz bergan otişmadan söng, bölajak taşrif dasturiga özgartirişlar kiritilişi mumkin.












