Angliya: Risharlisonning shedevri va Holandning barqarorligi

APL. 1-tur. 16 avgust
«Aston Villa» — Nyukasl 0:0
«Aston Villa»: Bizot, Kesh, Konsa, Mings, Din, Kamara, Onana, Makginn (Malen, 84), Tilemans, Rodjyers, Uotkins.
«Nyukasl»: Poup, Trippiyer, Sher, Byorn, Livramento, Bruno, Tonali, Joelinton, Elanga (Myorfi, 78), Gordon, Barns (Osula 90).
Ogohlantirishlar: Joelinton (45) – Kamara (58).
Chetlatish: Konsa 66.

«Nyukasl» mavsumni isyon ko‘targan va o‘zini «Liverpul»ga qo‘yib yuborishni talab qilayotgan Isaksiz boshladi. Shvetsiyalik hujumchiga muqobil yo‘qligi tufayli Eddi Hau Gordon, Elanga va Barnsdan iborat bir-birining o‘rnini almashtirib o‘ynovchi hujum uchligini tuzdi. «Aston Villa» esa o‘yinni Emiliano Martinessiz boshladi. Argentinalik posbon Birminghemda qolgan, ammo diskvalifikatsiya tufayli birinchi turni o‘tkazib yuborishga majbur edi. Uning o‘rnini egallagan Bizot esa bir qancha vaziyatlarda mezbonlarni qutqarib qoldi, hujum vakillari esa juda sust harakat qilishdi. Unai Emeri shogirdlari dastlabki 45 daqiqalikda raqib darvozasi tomon birorta ham zarba berolmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa 66-daqiqda Konsaning maydondan chetlatilishi «Villa»ning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Shunday ekan, golsiz durangni mezbonlar foydasiga yozish mumkin, ushbu jamoa moliyaviy muammolar tufayli yozgi transferlarda faollik qila olmadi. O‘tgan mavsumda klub faqat Duglas Luizni sotish evaziga APLdagi xarajatlar limitida balansga erisha olgandi. Ammo jamoa baribir moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan, shuning uchun yozda UYeFA 9,5 million funt miqdorida jarima qo‘llagan. Emeri qoidalar eskirgani va ko‘plab klublarni cheklab, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishga xalal berayotgani haqida gapirdi. Ammo qonunlarga rioya qilish kerak, shu tufayli «Villa» yangi xaridlar uchun xarajat qila olmaydi, muvozanatni esa daromadlarni keskin ko‘tarish yoki maoshlarni qisqartirish orqali muvozanatlashtirish mumkin.

«Tottenhem» — «Byornli» 3:0
Gollar: Risharlison 10, 60 (dubl), Jonson 66.
«Tottenhem»: Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Spens, Grey (Bentankur, 72), Bergvall (Palinya, 80), Quddus (Tel, 85), Sarr, Jonson (Odober, 80), Risharlison (Solanke, 72).