Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya kubogi. «MYu» ham keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Angliya kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. O‘z uyida chempionship vakilini qabul qilgan «Manchester Yunayted» yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Runini Bobbi Charlton bilan tenglashtirgan goldan tashqari Antoni Marsyalning bitta va Markus Reshfordning ikkita goli Joze Mourino shogirdlariga «Reding» ustidan 4:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Natijada «Yunayted» hamshaharlari ortida 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Reding» esa musobaqa bilan erta xayrlashadigan bo‘ldi.
Angliya kubogi,3-raund
Manchester Yunayted – Reding 4:0 (2:0)
Gollar: Runi (7), Marsyal (15)Reshford 75, 79).
Manchester Yunayted: Romero, Blind, Roxo (Jons, 19), Smolling, Yang, Mata (Shvaynshtayger, 78), Fellayni, Kerrik (Fosu-Mensa, 78), Reshford, Runi, Marsyal.
Reding: Al-Habsi, Mur, Blekkett (Obita, 46), Ganter, Evans (Svift, 57), Berens, Kelli, van den Berg, Uilyams, Makkliri, Kermorgan (Semyuel, 77).
Ogohlantirish: Yang (54).
Mavzuga oid
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026