Jahon | 20:57 / 07.01.2017
7199
1 daqiqa o‘qiladi

Florida aeroportidagi otishmada noutbuk o‘z egasining hayotini saqlab qoldi

Stiv Frappiyer nomli erkak Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl aeroportidagi otishmada o‘z noutbugi sababli tirik qoldi. Otishmani sodir etgan terrorchining o‘qi uning noutbugiga tekkan. 

Frappiyerning aytishicha, otishma boshlanganda, u yuzi bilan yerga yotib olgan. Uning orqasidagi ryukzakda turli buyumlar ichida Apple MacBook Pro noutbugi ham bo‘lgan.

Keyinroq Frappiyer uning beliga tekkan o‘q noutbugi korpusida tiqilib qolgani va bu ehtimol uning hayotini saqlab qolganini aniqlagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 6 yanvarda sodir etilgan otishmada 5 kishi halok bo‘lgan va 40 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Otishmani sodir etgan Esteban Santyago hibsga olingan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid