Jahon | 08:43 / 07.01.2017
9735
2 daqiqa o‘qiladi

Florida gubernatori aeroportdagi otishmadan keyin Obamadan ko‘ra Trampga qo‘ng‘iroq qilishni afzal ko‘rdi  

AQShning Florida shtati gubernatori Richard Skott shtatdagi aeroportda otishma sodir bo‘lgandan keyin AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama bilan emas, balki hali o‘z lavozimini bajarishga kirishmagan yangi prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda CBS’ga iqtibos keltirgan holda RT xabar bermoqda. 

"Men saylangan prezident Trampga qo‘ng‘iroq qildim va u hamda vitse-prezident Pens bilan ularni vaziyatdan xabardor qilib turish uchun bir necha marta gaplashdim. Ular federal hukumatning qanday kuchlariga ehtiyoj sezishimizdan qat'i nazar, qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishga va'da berdilar", deb aytdi Florida gubernatori.

Skott Obama bilan bog‘lanmaganini alohida ta'kidlab o‘tdi. O‘z navbatida, Obama ham Florida gubernatori bilan bog‘lanishga urinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvarda Floridaning Fort-Loderdeyl shahridagi xalqaro aeroportda bir erkak otishma sodir etgan. Buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi yaralangan. Jinoyatchi qo‘lga olingan, uning yonida Esteban Santyago nomiga harbiy hujjat bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid