Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda havo ifloslanishiga qarshi choralar ko‘rishda Shanxay yetakchilik qilmoqda
Xitoyning Shanxay shahri havosida inson salomatligi uchun zararli qattiq zarralar aralashmasi PM 2.5 ko‘rsatkichi 2016 yilda 2013 yil bilan taqqoslaganda 27,4 foizga kamaygan. Bu haqda "Sinmin vanbao" nashri shahar atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga tayangan holda yozmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, havo tarkibidagi PM 2.5 zarralarining o‘rtacha ko‘rsatkichi bir kub metrda 45 mikrogrammni tashkil etgan. 2013 yilda bu raqam 62 mikrogrammdan iborat bo‘lgan. Gazetaning qayd etishicha, Shanxay hokimiyati havodagi zararli moddalar aralashmasini 20 foizga kamaytirish vazifasini muddatidan bir yil avval uddalashga muvaffaq bo‘lgan. Shahar hukumati tomonidan o‘tgan yili qabul qilingan 13 yillik maxsus dasturga ko‘ra, 2020 yilga kelib Shanxay bu ko‘rsatkichni bir kub metrga 42 mikrogrammga yetkazishi kerak.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026