Jahon | 22:19 / 07.01.2017
23849
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Ahmoqlargina Rossiya bilan yomon munosabatlarni ma'qul ko‘radi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashishiga faqat ahmoqlar intilishini aytdi va u lavozimini bajarishga kirishganda Rossiya AQShni hozirgidan ko‘proq hurmat qilishiga va'da berdi.

"Rossiya bilan yaxshi munosabatlar xayrli narsa, faqat ahmoqlargina buni yomon deb o‘ylashadi", deya yozdi Tramp Twitter'da.

Tramp dunyoda shundoq ham muammolar ko‘pligini va yana yangilarini yaratish kerakmasligini aytdi.

"Ikki davlat ehtimol butun dunyo farovonligi uchun birga ishlar", deb aytgan Tramp.


 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid