Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti musulmonlarning YeIga qo‘shilib ketishi borasida fikr bildirdi
Foto: AFP
Yevropaning ko‘p davlatlari namunalari "yakkalangan mavzelarda" yashashni afzal ko‘ruvchi musulmonlarning mahalliy jamiyatlarga qo‘shilishga qiziqishlari kamligini ko‘rsatmoqda, deb aytdi Chexiya prezidenti Milosh Zeman TV Blesk telekanali orqali chiqishida.
"Butun Yevropaga boqing, qiziqib ko‘ring, musulmon muhojirlari qanchalik darajada qo‘shilib ketisha oladi? No go areas (xavfli tumanlar) va " yakkalangan mavzelar" haqida bilib ko‘ring. Biroq men bunda ijobiy namunalar topishingizga ham qarshilik qilmayman. Chexiyaga kelsak, bu yerda musulmon jamoati juda cheklangan tarkibga ega. Men u bizda kuchaymaganidan ogohlantirmoqdaman", deb aytdi Zeman.
Zemanning fikricha, uning bu boradagi pozitsiyasida ksenofobiya (begona narsaga nafrat) yo‘qdir. Zeman Chexiyada mahalliy jamiyatga vetnam jamoatining qo‘shilishi ajoyib kechayotganidan juda xursandligini aytdi. Bu yerda yashovchi ukrainaliklar ham qo‘shilib ketishga yaxshi namuna bo‘lmoqdalar.
Mavzuga oid
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026
O‘zbekiston va Chexiya o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
09:15 / 29.04.2026
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga keladi
11:09 / 10.03.2026