Çexiya boş vaziri Andrey Babiş 29 aprel kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Uni aeroportda boş vazir Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

30 aprel kuni Kökrasaroy qarorgohida martabali mehmonni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Şundan söng Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Çexiya boş vaziri Andrey Babiş tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari iştirokida muzokara ötkazdi.

Şavkat Mirziyoyevga köra, uşbu taşrif – Özbekiston – Çexiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqiçni boşlab beradi.

Prezident barça sohalarda hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi. Hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida yaqin aloqalar örnatilgan, işbilarmonlik va gumanitar almaşinuvlar faollaşgan. Parlamentlarda “Döstlik guruhlari” taşkil etilgan. Hukumatlararo komissiya samarali işlamoqda.

Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş qariyb ikki barobarga oşdi. Özbekistonda Çexiya kapitali iştirokida 37 ta qöşma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Muzokaralarda özaro savdoni oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Tovar ayirboşlaşni, şu jumladan, mahsulot turlarini kengaytiriş orqali 1 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Birgalikdagi savdoni rağbatlantiriş maqsadida Çexiyada Özbekistonning birinçi sertifikatlaş filiali taşkil etilmoqda. Çexiyalik hamkorlar bilan “Yevro-6” standartidagi avtomobillarni sertifikatlaş va kvant etaloni böyiça zamonaviy laboratoriya qurilmoqda.

Çexiyaning yetakçi kompaniyalari bilan maşinasozlik, “yaşil” energiya, geologiya va muhim xomaşyo, kimyo, farmatsevtika hamda boşqa sohalarda loyihalarni amalga oşirişni öz içiga olgan Texnologik hamkorlik dasturini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.

Şuningdek, infratuzilmani rivojlantiriş va “aqlli” şaharlar yaratiş, muhandislik işi va raqamlaştiriş sohalarida kooperatsiya uçun mavjud istiqbollar qayd etildi.