Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada anomal sovuq kuzatilmoqda: Noodatiy sovuq harorat 20dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi
Yevropa qit'asi mamlakatlari noodatiy kuchli sovuq haroratdan jabrlanishmoqda. Yanvar oyining birinchi kunlarida Skandinaviyadan qit'aning boshqa qismlariga sovuq havo oqimi yopirilgan.
Keyingi ikki kun davomida Yevropa bo‘ylab kuchli sovuqlar tufayli 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi, ular orasida muhojirlar va uysizlar ko‘pchilikni tashkil qildi.
Polshaning o‘zida 10 kishining o‘limi qayd etilgan. Bu davlatda o‘rtacha harorat 14 daraja sovuqni ko‘rsatmoqda, ba'zi viloyatlarda esa Tselsiy bo‘yicha - 20 daraja qayd etilgan.
Italiyaning markaziy va janubiy-sharqiy qismlarida ham kuchli sovuqlar kuzatilmoqda. Bu mamlakatda qor bo‘ronlari davom etmoqda va sovuqdan 7 kishi halok bo‘lgan.
Germaniya janubidagi tog‘li hududlarda harorat Tselsiy bo‘yicha minus 26 darajani ko‘rsatmoqda, ba'zi trassalarda muzlash tufayli avtomobillar harakatlanishi to‘xtatilgan.
Chexiya poytaxti Pragada o‘tgan tunda qish boshlanganidan buyon eng sovuq harorat qayd etildi. Bu davlatda sovuq havo 3 kishini hayotdan olib ketdi.
Bolgariyada 3 nafar muhojir sovuq tufayli halok bo‘lgan.
Istanbulda yoqqan qor balandligi 40 santimetrni tashkil qilmoqda. Yo‘llardagi yaxmalak ko‘p sonli YTHlarga sabab bo‘lgan.
Moskvadagi favqulodda sovuq harorat natijasida 62 nafar kishi jabrlandi. 6 yanvar kuni termometr 30 daraja ko‘rsatkichdan pastlagan. Rojdestvo kechasida so‘nggi 120 yil ichidagi eng sovuq harorat (-29,8 daraja) qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
07:33 / 16.12.2025
Qaysi shahar eng issiq, qaysisi eng sovuq? Dunyo shaharlari iqlimi
11:17 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
12:01 / 24.03.2025