Jamiyat | 21:13 / 08.01.2017
16707
2 daqiqa o‘qiladi

Sergelida bojxona xodimlari va ularning oila a'zolariga yangi xizmat uylari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan  bojxona organlarida  xizmat qilayotgan bir guruh bojxona xodimlari  va ularning oila a'zolariga  Sergeli tumanida qurib bitkazilgan 40 xonadondan iborat zamonaviy  barcha  shart-sharoit  va  qulayliklarga ega bo‘lgan  yangi xizmat uylarining kalitlarini tantanali ravishda topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ushbu xizmat uylarining tantanali ochilish marosimida Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy apparati, Toshkent shahri va viloyat bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi xodimlari, bojxona faxriylari va  ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

So‘nggi yillarda iqtisodiy xavfsizlik posbonlarini uy-joy bilan ta'minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqlim sharoiti og‘ir, Ustyurt dashtligida joylashgan olis masofadagi “Qoraqalpog‘iston” va “Daut-ota” bojxona postlari yaqinida barcha qulayliklarga ega xizmat uy-joylar majmuasi, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari  va Toshkent shahrida xizmat qilayotgan xodimlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida bir qator xizmat uylari foydalanishga topshirilgan edi.

Bu gal Sergeli tumanida qurib bitkazilgan  ushbu xizmat uylarining bojxona xodimlariga topshirilishi  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”da esdan chiqmas  munosib sovg‘a bo‘ldi.

 

Mavzuga oid