AQShning ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi va eng yomon shaharlari e'lon qilindi
Shaxsiy moliyalarni boshqarish haqidagi sayt WalletHub ko‘chib o‘tish va ishlash uchun AQShning eng yaxshi va eng yomon shaharlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini chop etdi. Reyting ishchilarga talabning o‘sishi, o‘rtacha ish haqi darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar haqidagi ma'lumotlar asosida tuzilgan.
Hammasi bo‘lib reyting tuzilishida 23 ta ko‘rsatkich hisobga olindi. Tadqiqotda AQShning 150 ta eng aholisi ko‘p shaharlari ishtirok etdi. 2017 yilda ish topish uchun eng qulay shahar Arizona shtatidagi Skottsdeyl bo‘ldi, u bandlikning eng katta o‘sishi va bir oilaga to‘g‘ri keladigan eng yuqori o‘rtacha daromadni ko‘rsatdi.
Quyida ushbu shaharlar ro‘yxati keltirilgan.
Skottsdeyl, Arizona. Ishlash uchun imkoniyatlar reytingida 22-o‘rin. Bandlik o‘sishi: 3,29%. Bir oilaga o‘rtacha daromad: 76,4 ming dollar
Plano, Texas. 29-o‘rin, -0,11%, 83 ming dollar
Orlando, Florida. 1, -1,27%, 43 ming dollar
Su-Fols, Janubiy Dakota. 27, %1,58, 56 ming dollar.
San-Frantsisko, Kaliforniya. 19, 2,43%, 46 ming dollar.
Rancho-Kukamonga, Kaliforniya. 89, 5,67%, 58 ming dollar.
Chandler, Arizona. 66, -0,02%, 76 ming dollar.
Solt-Leyk-Siti, Yuta. 2, 2,89%, 49 ming dollar.
Tempe, Arizona. 32, %2,84, 51 ming dollar.
Roli, Shimoliy Karolina. 34, %0,92, 61 ming dollar.
2017 yilda ishlash uchun eng yomon shahar Detroyt bo‘ldi. Shuningdek, eng kam ballarni Fresno, Beykersfild, Nyu-Ark, Buffalo va Klivlend shaharlari olgan.
Mavzuga oid
00:54
Putin Trampni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi
23:51 / 07.11.2024
AQShdagi tadqiqot markazidan 40 ga yaqin maymun qochib ketdi
23:15 / 07.11.2024
Tramp - prezident! U Ukrainadagi urushni to‘xtata oladimi?
22:15 / 07.11.2024