Jahon | 21:12 / 09.01.2017
8735
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda o‘ta zaharli smogning paydo bo‘lishi sababi aniqlandi

Foto: AP Photo / Andy Wong

Ekologlar guruhi Xitoy poytaxti Pekinda smogning paydo bo‘lishi sababini aniqladilar. Olimlar JGR: Atmospheres jurnalidagi maqolalarida havo ifloslanishining asosiy sababi avtomobillar ekanligi haqidagi fikrni rad etdilar.

Pekindagi Atmosfera fizikasi institutidan bo‘lgan, tadqiqotning yetakchi muallifi Yusi Van smogning yuzaga kelishiga sanoat korxonalari va ko‘mir elektr stansiyalari sabab bo‘lganini aytdi.

Ekologlar Pekin, Tyantszin va Shimoliy Xitoy pasttekisligidagi boshqa bir qator shaharlarda 2014 yil oktabr va noyabrida smogning shakllanishini kuzatganlar. Ular yaqin oradagi yassi tog‘likdan Pekinga harakatlanuvchi bug‘, chiqindi gazlar va issiq havo oqimi qorishmasi aralashuv hududi deb ataluvchi havo hududining keskin kamayishiga olib kelishini aniqladilar. Bu hudud turbulent oqimlar tufayli sirtdan ko‘tariluvchi gazlar tarqaladigan atmosfera qatlamidir. Bu hududning darajasi kamayishi sababli shamollar harakati kamayadi, bu esa aerozolning yig‘ilishi va smogning yuzaga kelishiga olib keladi.   

Olimlarning aytishicha, smogga qarshi kurash uchun neft mahsulotlari va ko‘mirni yoqishga cheklov kiritish kerak. Bu choralarni nafaqat Pekinda, balki havo massalari harakatlanuvchi boshqa shaharlarda ham qabul qilish kerak.

Germaniyaning Maks Plank instituti tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Xitoyda har yili havo ifloslanishi sababli yuzaga keladigan kasalliklar tufayli 1,4 mln kishi vafot etadi. Pekinda bunga qarshi kurashish uchun ekologik politsiya yaratildi. Bu politsiya chiqindilar, yog‘och va boshqa biomateriallarning ruxsatsiz yoqilishini nazorat qiladi.

 

Mavzuga oid