Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 9 yanvar kuni Toshkentda Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi. Ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va istiqboli yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Afg‘onistondagi qurilish, energetika, tog‘-kon sanoati va ta'lim sohalaridagi loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Sharifgacha temir yo‘l liniyasi qurilgan. Mamlakatimizning ko‘magi bilan Afg‘onistonda ko‘priklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta'minoti tarmog‘i barpo etilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p.
Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston – Afg‘oniston siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ham muzokara o‘tkazdi.
Mavzuga oid
15:28
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi tasdiqlandi
13:36 / 10.03.2026
AQSh BMTning Afg‘onistonga yordamini qayta ko‘rib chiqishga erishmoqchi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
21:02 / 01.03.2026