Jamiyat | 03:46 / 10.01.2017
16945
2 daqiqa o‘qiladi

Deyarli 13 ming AQSh dollarini sotmoqchi bo‘lgan valyutafurushlar ushlandi

Foto: Vice.com

Fuqaro A.Alimovning SVOJJDLQK departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga yozgan murojaati bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Chori Hamroyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) va Rustam Ixtiyorovlarning qilmishlari fosh etildi. 

“Huquq” gazetasining yozishicha, bu shaxslar valyuta qimmatliklari oldi-sotdisini yo‘lga qo‘yish uchun o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashadilar. Ular Qarshi shahridagi “Orzu” bozori yonida 12 ming 900 AQSh dollarini 79 mln. 980 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandilar.

Bundan tashqari, valyutafurushlarga tegishli bo‘lgan “Spark” avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida chet elda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 7 turdagi 291 quti, umumiy narxi 3 mln. 330 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari borligi ma'lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, bu kimsalar ushbu mahsulotlarni qonunga xilof ravishda sotishni maqsad qilgan ekanlar.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.

 

Mavzuga oid