Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish muddati qisqartirilishi mumkin
Shu yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati va bir qator tibbiyot mutasaddilari bilan uchrashib, bu sohadagi zarur masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, mamlakatimizda shifokorlar bilan ta'minlash darajasi past saqlanib turgan viloyatlar ulushi ko‘payib borayotganligi aytildi.
"Masalan, 10 ming aholiga nisbatan eng past ko‘rsatkichlar Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida tibbiy yordam sifatiga salbiy ta'sir etmoqda.
Respublika bo‘yicha ajratilgan 92 ming shtat birligidan 10 400 tasi vakant bo‘lib qolmoqda. Bular - anesteziolog, rentgenolog, psixiatr, pediatr, laborant shifokor mutaxassisliklaridir. Bularning bari tibbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida kamchiliklar va o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjudligidandir.
Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot kadrlari yetishmovchiligi muammosini bartaraf etish, sifat darajasini ko‘tarish maqsadida alohida dastur ishlab chiqarish zarurligi ta'kidlandi va bunda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish lozimligi aytildi:
- bakalavriat bosqichida o‘qish muddatini 7 yildan 6 yilga qisqartirish;
- yangi malaka va talablar, o‘quv rejasi dasturlarini joriy etish;
- tibbiyot oliy ta'lim muassasalari uchun o‘quv rejadagi ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar blokdagi ajratilgan soatlar, umumiy o‘quv yuklamalarini optimallashtirish;
- tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash asosida ta'lim sifatini yaxshilash;
- amaliy ko‘nikmalarni to‘laqonli o‘zlashtirishda talabalarga shart-sharoit yaratish;
- oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash".
Shu o‘rinda tibbiy oliy ta'lim muassasalarida amaliyotga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, Tibbiyot akademiyasini bitirganlar viloyatlarga borib ishlamayotganiga e'tibor qaratish talab qilindi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025