“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi “Özbekiston: jamoatçilik fikri - 2016” sörovnomasini ötkazdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Sörovnoma Özbekistonning barça hududlarida ötkazilib, unda barça ijtimoiy guruhlar, turli millat va diniy konfessiyalar vakillari iştirok etdi.
Uning asosiy maqsadi – aholi tomonidan mamlakatning 2016 yildagi iqtisodiy va siyosiy rivojlanişiga berilgan bahoni aniqlaşdan iborat.
Sörovnoma natijalariga köra, aholining köpçilik qismi (97,5 foizi) mamlakatdagi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ijobiy baholadi.
Sörov davomida mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiliş böyiça işi bir qadar samarasiz ekani aniqlandi. Xususan, iştirokçilarning 38,7 foizi mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining işidan qoniqqan bölsa, 42,8 foiz kişi qisman qoniqqan, 13,6 foiz iştirokçilar esa qoniqmagan.
Bu bilan bir qatorda, sörovnomada mamlakatda ötkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalari ham aniqlandi. Sörovda iştirok etganlarning uçdan ikki qismi 2016 yilda ijtimoiy holatlari yaxşilanganini aytişgan.
Sörov unda iştirok etgan insonning ta'lim darajasi va moddiy maqomi qançalik yuqori bölsa, ular öz hayotidan norozilikka moddiy muammolar sabab bölganini şunçalik kam aytişganini körsatdi.
Sörovda iştirok etgan respondentlarning 93,8 foizi öz huquqlari va erkinlarini buzilişdan huquqiy himoyaga ega ekanini aytgan. Fuqarolarning 71,8 foizi esa huquqlarni buzilsa, ularni tiklaşga işonişlarini ma'lum qildi.
Sörovnoma Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qiliş haqidagi taşabbusi aholi tomonidan uşbu yil mamlakatimiz tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanişda, ilm-fan va ta'lim rivojida yuqori körsatkiçlarni qölga kiritiş yili bölişi borasida kafolat deb qabul qilinganini körsatdi.











