Toşkent şahri va viloyatlarda şifokorlar uyma-uy yurib, mahalladagi holatni örganiş uçun aholi vakillari bilan suhbatlaşiş va sörovnoma savollarini töldirişga majburlanyapti.

Kun.uz’ga yöllangan murojaatda tibbiyot xodimlariga Telegram orqali “Sörovnoma” deb nomlangan “apk” (Android Package Kit) fayl taşlab berilgan. Söng zoom platformasi orqali onlayn yiğiliş ötkazilib, ilovani telefonga örnatiş, unga maxsus login va parol yordamida kiriş, hududni tanlab, savollarni töldiriş örgatilgan.

Kun.uz uşbu sörovnoma bilan tanişdi. U jami 21 ta savoldan iborat. Mobil ilovaga infratuzilma holati (içki yöllar, suv ta’minoti, kommunal xizmat, çiqindi taşiş xizmati), mahallaga xizmat körsatuvçi taşkilotlar (hokimiyat, ta’lim, soğliqni saqlaş, bandlik muassasalari), aholi bilan muloqot va murojaatlar ijrosi, MFY raisi, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori, ijtimoiy xodim, mahalla bankiri faoliyati, sayyor qabullar va murojaatlar ijrosi kabi yönalişlar böyiça savollar kiritilgan.

Murojaatçilarning aytişiça, davlatga tegişli muassasalarda faoliyat yurituvçi şifokorlar sönggi 10 kundan buyon aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va davlat taşkilotlaridan qoniqiş darajasini örganiş bilan ovora.

“Zoom orqali onlayn yiğiliş ötkazib, bizga bu sörovnomani uyma-uy yurib ötkazişimiz kerakligi buyurildi. Har bir mahalladan kamida 10 kişi bilan gaplaşişimiz şart ekan. Özimizga mutlaqo tegişli bölmagan soha böyiça majburiyat yuklanmoqda”, – deydi şaxsi sir saqlanişini söragan tibbiyot xodimi.

Şifokorlarning ta’kidlaşiça, vaziyat faqat Toşkentda emas, viloyatlarda ham kuzatilmoqda.

“TTB (tibbiyot birlaşmalari) orqali butun şahardagi xodimlarga bu topşiriq tarqatilgan. Bizning asosiy işimiz odamlarni davolaş, ularning salomatligini tiklaş. Ammo buning örniga qoğozbozlik va statistikani töldirişga majbur qilinyapmiz”, – deydi murojaatçi.

Kun.uz ARGOS tizimiga mas’ul vakillar bilan suhbatlaşdi. Ularning aytişiça, mazkur holat tizimdagi ayrim xizmatçilarning özboşimçaligi bölgan va yuqoridan ularga bunday topşiriq berilmagan. Xozirda bu kabi majburlovning töliq oldi olingani va vazifa (sörovnoma ötkaziş) bilan mahalla yettiligi şuğullanayotgani ma’lum qilindi.