O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki imtiyozli kreditlari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 2017 yil - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da AHOLINI TADBIRKOR QILISh» maqsadida har bir xonadonning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bank xizmatlari va kredit mablag‘lariga ehtiyoji o‘rganib chiqilmoqda.
2017 yil davomida respublika hududlaridagi aholi xonadonlarning barchasiga banklarning mas'ul xodimlari tomonidan birma-bir kirib chiqiladi, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning shartlari, kredit hujjatlari va garov ta'minoti tug‘risida batafsil tushuntirishlar beriladi.
O‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularning kredit hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatiladi va qisqa muddatlarda kredit mablag‘lari ajratiladi.
Kreditlar quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
- chorvachilikni tashkil etish uchun;
- parrandachilikni tashkil etish uchun;
- asalarichilikni tashkil qilish uchun;
- quyonchilikni tashkil qilish uchun;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilikni tashkil etish uchun;
- issiqxonalar tashkil etish uchun;
- baliqchilikni tashkil etish uchun;
- kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish uchun;
- kasanachilikni rivojlantirish uchun;
- hunarmandchilikka;
- sartaroshxona xizmatini tashkil etish uchun;
- tikuvchilik va chevarchilikni tashkil etish uchun;
- poyabzal tuzatish ustaxonasini tashkil etish uchun;
- umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish uchun;
- maishiy texnikalarni tuzatish ustaxonasini tashkil etish
uchun;
- go‘zallik salonlari tashkil qilish uchun;
- aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish
uchun;
- avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil qilish uchun;
- avtomobillarni yuvish shoxobchasi tashkil qilish uchun;
- kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish uchun;
- savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun;
- hammomlar tashkil qilish uchun;
- nonvoyxona tashkil qilish uchun;
- milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;
- boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.
Aziz yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankining imtiyozli kreditlaridan foydalanib, o‘z biznesingizni tashkil eting!
Batafsil ma'lumotlarni 234-11-17, 234-42-69 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
17:00 / 09.08.2024
Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi
21:19 / 28.08.2023
Bank kartasidan o‘g‘riliklar uchun javobgarlik belgilanadi
18:23 / 03.06.2023
Sotilayotgan AYoQShlar, gaz muzokarasi va “Ochiq budjet”ga ko‘proq pul – iqtisodiy taymlayn
21:51 / 27.10.2022