Strategiya loyihasiga muvofiq, bank tizimida raqobat muhitini kuçaytiriş va xizmatlar bozorini kengaytiriş uçun islohotlar jadallaştiriladi. Şu doirada banklarni xususiylaştiriş va davlat ixtiyorida 4 ta bankni saqlab qoliş rejalaştirilgan. Mazkur yondaşuv bank sektorini bozor mexanizmlari asosida rivojlantiriş, korporativ boşqaruv standartlarini kuçaytiriş hamda moliya xizmatlari sifatini oşiriş maqsadlari bilan boğlangan.

Loyihada moliya bozori faolligini oşiriş böyiça bir qator miqdoriy körsatkiçlar ham belgilangan. Xususan, bank va moliya tizimida yillik kreditlaş hajmini 720 trillion sömga yetkaziş, tijorat banklari depozitlari qoldiğini 560 trillion sömgaça oşiriş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, davlat banklari aktivlarining jami bank tizimi aktivlaridagi uluşini 55 foizgaça kamaytiriş maqsad qilingan.

Islohotlar kontekstida moliyaviy mahsulotlar xilma-xilligini oşiriş masalasi ham kötarilgan. Loyihada Özbekistonda islomiy moliyaning huquqiy asoslarini yaratiş va kamida 3 ta tijorat bankida islomiy moliya xizmatlarini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Bu orqali moliya bozorida qöşimça instrumentlar paydo bölişi va mijozlar uçun tanlov kengayişi kutilmoqda.

Strategiya loyihasida belgilangan mazkur çora-tadbirlar bank sektorini isloh qiliş, davlat iştirokini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş, xususiy kapitalni jalb etiş va moliya tizimi samaradorligini oşirişga qaratilgan.