Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalaquduqda suv muammosi Kun.uz’da e'lon qilingan tanqidiy maqoladan so‘ng bartaraf etildi
Xabaringiz bor 7 yanvar kuni Kun.uz saytida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidan suv muammosi bo‘yicha murojaat qilgan fuqaro shikoyati bo‘yicha maqola berilgan edi.
Tahririyatimizga telefon orqali aloqaga chiqqan fuqaro tumandagi Yorqishloq qishlog‘i Marvarid ko‘chasida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlovchi quduq bir oydan beri ishlamayotganligi oqibatida mazkur ko‘chada istiqomat qiluvchi oilalar suvni 1 kilometr uzoqlikdan tashib kelib ichayotganini bildirgan.

Kun.uz mobil muxbiri Jalaquduq tumanida bo‘lib, Marvarid ko‘chasida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Maqola e'lon qilinganidan so‘ng Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyat “Suvoqava” tashkiloti va tuman hokimligi mutasaddilariga mavjud muammoni zudlik bilan hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni bergan bo‘lib, ayni payt hududda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan.
Marvarid ko‘chasiga borganimizda “Suvoqava” tashkiloti ishchilari va mahalla ahlining suv nasosini sozlash ishlari bilan shug‘ullanayotgani ustidan chiqdik.

Viloyat “Suvoqava” DUK bosh muhandisi Rasuljon To‘lanov va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Muqimjon Niyazovlar shu yerda to‘plangan Yorqishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi vakillari bilan suhbatlashdilar. Marvarid ko‘chasidagi 123 xonadonda 593 nafar kishi istiqomat qiladi. Mahalla faollari 9 yanvar kuni suv qudug‘iga viloyat va tuman “Suvoqava” tashkilotlarining sa'y-harakatlari bilan suv tortish nasosi o‘rnatilgani, natijada ichimlik suvi bilan bog‘liq kamchiliklar to‘la bartaraf etilganini bildirdilar. Hozirda ko‘cha boshidagi suv quvuriga ichimlik suvi tortildi. Endi aholi uchun olisga borib suv tashib kelish muammosi yo‘q.
Viloyat “Suvoqava” DUK mutasaddisi Rasuljon To‘lanov faollar bilan suhbatda ko‘chadagi 1,2 km masofaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi bo‘yicha ishlar boshlangani haqida ma'lumot berdi. Rejaga ko‘ra kelgusi ikki oy davomida suv qudug‘ida loyihalash ishlari olib borilib, ko‘chaga suv tarmog‘i tortiladi va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

- Suv qudug‘imizni ishga tushirib berganligi uchun viloyat va tumanimiz mutasaddilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz,- deydi mahalla faollaridan Rahmatjon ota Ergashev. Fuqarolardan Muqaddas Mirzayeva, Abduqahhor Abdug‘ofurov, Farhod Qodirov va Husanboy To‘lanboyevlar ham o‘z tashakkurlarini bildirishdi.


Xalqimizda: “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” degan hikmat bor. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, aholi o‘rtasida ichimlik suvidan foydalanish madaniyatiga alohida e'tibor qaratish lozim.
Saytimizda e'lon qilingan tahliliy maqolani samimiy qabul qilib, masalaga ijobiy yondashgan Andijon viloyati hokimligiga alohida tashakkur bildiramiz.
Elmurod Ermatov. Andijondan Kun.uz sayti uchun maxsus tayyorladi
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026