Britaniya Kengashining IELTS bilan 20 yillik muvafaqqiyatli faoliyati
Britaniya Kengashi 25 yildan buyon ingliz tili bo‘yicha bilim va malakani sinovchi va oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imkon beruvchi eng mashhur imtihon xisoblangan xalqaro IELTS imtihonini o‘tkazib kelmoqda. Har yili 2.5 milliondan ortiq inson IELTS topshiradi. IELTS natijalari o‘qish va ishga joylashish, shuningdek, dunyoning istalgan yerida yashash uchun imkoniyat yaratadi. Dunyoning 140 mamlakatida boshqaruv muassasalari, o‘quv yurtlari va ish beruvchilar orasida 9000dan ortiq tashkilotda IELTS natijalari qabul qilinadi.
Britaniya Kengashi, IDP: IELTS Australia va Cambridge English Language Assessment IELTS imtihonini o‘tkazish xuquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar hisoblanadi. Britaniya Kengashi yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlar bilan faol hamkorlikda ishlab keladi.
Quyida millionlab odamlarning Britaniya Kengashida IELTS imtihonini topshirishlarining bir nechta sabablari keltirilgan:
• O‘quv materiallari: kitoblar va videolardan tortib onlayn o‘quv kurslariga qadar, IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun eng samarali va sifatli materiallarga ega bo‘lasiz.
• Bepul resurslar: Road to IELTS - Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan imtihonga tayyorlovchi mashhur onlayn kurs. IELTS imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgach, siz bu o‘quv kursidan 30 soat bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
• Imtihon uchun qulay joy va vaqt: imtihon 100ta mamlakatning 500 dan ortiq imtihon markazida o‘tkaziladi. Bu imtihon qachon va qayerda topshirishni tanlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
• Ro‘yxatdan o‘tishning oson ketma-ketligi: IELTS imtihoniga onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish va mahalliy valutada to‘lovni amalga oshirish imkoniyatidan foydalanish mumkin.
• Tezkor natijalar: imtihon topshirilgan sanadan 13 kun o‘tib natijalardan onlayn tarzda xabardor bo‘lish imkoniga egasiz.
Britaniya Kengashi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon 20 yil davomida barcha xohlovchilar uchun muvaffaqiyatli ravishda imtihon o‘tkazib kelmoqda. Shu imtihon sharofati bilan ko‘pgina yoshlar Toshkent va chet elning nufuzli xalqaro oliy o‘quv yurtlariga kirish, e’tiborga sazovor xalqaro tashkilotlarga ishga joylashish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu haqida «AT buyicha menejer, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi konsultanti Shahnoza Zafariy quyidagicha fikr bildiradi: “IELTS – men faoliyat olib borgan har qanday ishim uchun yo‘llanma sifatida yordam beradi. Men 8.5 ball natijaga ega bo‘lganim ishga joylashish paytimdagi suhbat jarayonida o‘zimning foydamga katta rol o‘ynadi. Yana bir muhim jihati shundaki, bunday natijalar orqali insonning o‘z-o‘ziga beradigan bahosi oshadi. Shu bilan bir qatorda, imtihonga tayyorlanish jarayonida ingliz tili bo‘yicha bilimingiz yetarlicha rivojlanadi”.
IELTS topshiruvchi nomzodlar soni har yili, hanuzgacha oshib bormoqda. Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimo xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, har yili mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nomzodlar orasida onlayn savol-javob o‘tkazib, shu orqali Britaniya Kengashi mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatni yanada takomillashtiradi. «Og‘zaki va elektron holatdagi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqda yuzlab so‘rovlar qabul qilib, qisqa muddatda mijozlarga u yoki bu masalani hal etishda yordam berib, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish jarayonini tushuntirib beramiz. Misol uchun, talab va nomzodlar soni juda ham ko‘pligi tufayli, bir yil ichida o‘tkaziladigan IELTS sessiyalari ko‘paytirildi. Imtihon sessiyalari nafaqat poytaxtda, balki mamlakatimiz viloyatlarida ham bo‘lib o‘tadi. Jarayonni tezlashtirish va mijozlar bilan ishni optimallashtirish uchun, Britaniya Kengashi Imtihonlar bo‘limida ish o‘rnini ko‘paytirdi. Va biz mijozlarga peshvoz chiqib, ularga imtihonni muvaffaqiyatli topshirishlari va yo‘llarini osonlashtirishga yordam berishni davom ettiramiz. Bizga nisbatan ishonchlari, ularga mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha murojaatlarimizga bergan javoblari uchun o‘z mijozlarimizdan minnatdormiz» - deydi Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mark Krossi.
Shu bilan birgalikda, Britaniya Kengashining 20 yilligi munosabati bilan Britaniya Kengashi imtihon topshiruvchilar uchun IELTS testini bepul topshirish imkoniyatini beruvchi tanlov e’lon qiladi. Tanlov 3 oy mobaynida o‘tkaziladi. Har oy tanlovda ikki nafar g‘olib aniqlanib, jami 6 nomzod bepul imtihon o‘rniga ega bo‘ladi. Tafsilot va yangiliklarni ushbu manzil orqali bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
16:48
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
12:07 / 23.10.2024
“Katta natijalarga erishish mumkinligini qizlarimga isbotlash uchun IELTS’dan maksimal ball olishga harakat qildim” - IELTS’dan 9 ball olgan ilk o‘zbekistonlik ayol
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024