Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada 15 yoshli o‘smir 7 yoshli qizning o‘limida ayblanmoqda

Buyuk Britaniyada 15 yoshli o‘smir 7 yoshli qizning o‘limida ayblanib, sud oldida javob bermoqda. Qizcha o‘yin maydoni yaqinida og‘ir ahvolda topilgan, biroz vaqt o‘tgach esa hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
Britaniya qonunlariga muvofiq, nomi oshkor qilinmagan o‘smir qiz chorshanba kuni xavfsizlik idorasi nazoratiga olingan. Shuningdek u qurolga egalik qilishda ham ayblangan.
Shimoliy Yorkshir politsiyasi jabrlanuvchining ismi Keti Raf ekanini ma'lum qilib, maktab formasida qarsak chalib turgan qiz suratini taqdim etdi.
Manbaga ko‘ra, dushanba kuni kunduzi Yorkdagi Vudtorp hududidagi manzilga politsiya xodimlari chaqirilgan. Ularga yaqin orada hayot uchun xavfli jarohatlar bilan topilgan Keti haqida xabar berilgan. Qizcha zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq tez orada hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025