Jamiyat | 16:46 / 11.01.2017
28433
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik 20 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi

Illyustrativ foto

Sankt-Peterburgda 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi buyuk Pyotr ko‘prigidan o‘zini suvga tashladi. U bundan avval ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, ular bilan vidolashgan.

Yuz bergan hodisa haqida ko‘prikdagi qorovullardan biri huquqni muhofaza qilish organi va favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar qilgan. Mahalliy OAVning xabar berishicha, 58 yoshli qorovul 10 yanvar taxminan 20:30da tashqi qiyofasi osiyolik bo‘lgan yosh yigitni ko‘rib qolgan. U ko‘prikda turib, kim bilandir telefonda suhbatlashgan. Guvoh uning o‘zini ko‘prikka tashlaganini ko‘rmagan, biroq yigitning jasadi Neva daryosi bo‘ylab suzib ketayotganini payqagan.

Halok bo‘lgan yigit ko‘prikda o‘z telefonini qoldirgan. Politsiya va tergov qo‘mitasi xodimlari o‘z joniga qasd qilgan shaxsning qarindoshlarini topdi.

O‘zbekistonlik 24 yoshli fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, uning 20 yoshli qarindoshi suvga sakrashdan avval O‘zbekistonga – ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, ular bilan vidolashgan.

Mavzuga oid