Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington: Rossiya yigirmadan ortiq mamlakatdagi saylovlarga ta'sir o‘tkazishga uringan
AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper Kongressda bo‘lib o‘tgan surishtiruv jarayonida aytishicha, Rossiya kamida 20ta davlatdagi saylov jarayoniga ta'sir o‘tkazishga uringan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Ehtimol, bu yigirmatalar atrofidagi davlatdir», — deya Klepper so‘zlarini keltiradi RT telekanali.
Biroq, u Moskva qaysi mamlakatlardagi saylovlarga ta'sir o‘tkazganiga oydinlik kiritmagan.
Klepper, shuningdek, «Rossiya butun yer sayyorasining kiberkengliklarida eng jasur o‘yinchi bo‘lib qolmoqda», degan fikrni bildirgan.
Avvalroq, Amerika senatorlari Jon Makkeyn, Ben Kardin va Robert Menendes AQSh prezidentlik sayloviga aralashgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘plamiga doir qonun loyihasi tayyorligi haqida bayonot berishgan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
20:27 / 13.07.2026