Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston TIV Amazon'dan mamlakat bayrog‘i tushirilgan gilamchalarni sotuvdan olishni talab qildi
Amerikaning Amazon korporatsiyasi o‘zining Kanadadagi bo‘limidan Hindiston bayrog‘i tushirilgan barcha gilamchalarni olib tashlashni so‘radi. Bunga Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajning murojaati sabab bo‘lgan. Hindustan Times shu haqida xabar berdi.
"Biz saytdan barcha tovarlarni olib tashladik", - dedi Amazon vakili. Ma'lum bo‘lishicha, TIV rahbari korporatsiyadan uzr so‘rashni talab qilgan, internet-do‘konning bu talabni bajargan yo bajarmaganiga oid ma'lumot berilmagan.
Gap shundaki, Hindiston TIV Amazon'ning Kanadadagi bo‘limida o‘z mamlakati bayrog‘i aks etgan gilamchalarga diqqatni qaratgan.
"Amazon shubhasiz uzr yo‘llashi va bizning bayrog‘imizni haqorat qiluvchi barcha tovarlarni sotuvdan olib tashlashi kerak", - deb yozgan Svaraj o‘zining Twitter'dagi sahifasida.
TIV rahbarining bu masalaga diqqatni qaratishiga Twitter'ning boshqa bir foydalanuvchisi qoldirgan yozuv ham sabab bo‘lgan:
"Amazon'ning Kanada bo‘limi Hindiston bayrog‘i tasviri tushirilgan, oyoq ostiga mo‘ljallangan gilamchalar sotmaslikdan ogohlantirilishi kerak. Marhamat qilib, chora ko‘rsangiz".
Mavzuga oid
20:05 / 12.02.2026
Kanadada mamlakat tarixidagi eng ommaviy qotilliklardan biri sodir etildi
11:28 / 11.02.2026
Kanadada maktabdagi otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi
12:58 / 07.02.2026
Fransiya va Kanada Grenlandiyada konsulxonalar ochdi
14:27 / 31.01.2026