Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Iroq xavfsizlik kuchlarini tayyorlay boshladi
NATO Iroq xavfsizlik kuchlariga mamlakat hududida ta'lim berishni boshladi. Bunga qadar bu Iordaniyada yuz bergandi, deb xabar qildi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
"NATO IShID bilan kurashni qo‘llab-quvvatlamoqda va unga qarshi koalitsiyada ishtirok etmoqda, biz AWACS uzoq radiolokatsion kuzatuv samolyotlarini yetkazib bermoqdamiz hamda iroqlik zobitlarni avvaliga Iordaniyada tayyorlay boshladik, endi esa ularga Iroqda tahsil berishni davom ettiramiz", - dedi Stoltenberg payshanba kungi matbuot anjumanida.
Alyans 2016 yilning aprelida Iordaniyada NATO mashg‘ulot dasturi bo‘yicha Iroq xavfsizlik kuchlari vakillarining bir guruhini o‘qitish boshlagani haqida xabar berdi. Varshavada o‘tgan yilning iyul oyida o‘tkazilgan alyans sammitida iroqlik kuchlarini Iroqning o‘zida tayyorlash haqida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026