Jahon | 19:01 / 12.01.2017
7481
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat hamda Suriyaga oid  muzokaralarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqida Kreml saytida xabar berildi

"Asosiy e'tibor Suriyadagi vaziyatga qaratildi. Rossiya va Turkiya vositachiligida Suriya Arab Respublikasi va  mo‘'tadil muxolifat o‘rtasida erishilgan jangovor harakatlarni to‘xtatishga doir kelishuvlarga rioya qilinayotganligi ta'kidlandi. Ostonadagi Suriyaga doir muzokaralarga tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlikdagi faol harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi", - deyiladi xabarda. 

Manbada ta'kidalanishicha, davlat rahbarlari shuningdek savdo-iqtisodiy aloqalarni to‘liq tiklash va Rossiya hamda Turkiya o‘rtasidagi Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ham muhokama qilingan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid