Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unilever rahbari jahon iqtisodiyoti modelini o‘zgartirishni taklif qildi
Foto: UPPA / Zumapress / Globallookpress.com
Hozirgi jahon moliyaviy tizimi haqiqiy vaziyatga mos kelmaydi, shu sababli yangi iqtisodiy modelni yaratish kerak. Bu haqda Unilever ingliz-golland kompaniyasi bosh direktori Pol Polman aytdi. Uning aytishicha, bosh muammolardan biri – umumiy qadriyatlarning yo‘qligidir.
Polmanning aytishicha, ko‘p davlatlar iqlim o‘zgarishi, texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi, an'anaviy ish o‘rinlarining qisqarishi, migratsiya muammolari va geosiyosiy taranglik kabi zamonaviy chaqiriqlarga mutlaq tayyor emaslar.
Uning aytishicha, jahon moliyaviy tizimining hajmi 300 trln dollarni, ya'ni real iqtisodiyotdan 3 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Bu muammo ham yirik, ham mayda davlatlarga taalluqlidir.
Polmanning ta'kidlashicha, davlatlarning bir o‘zi bugungi muammolarni hal qila olmaydi, shuning uchun davlatlar o‘rtasida yaqinroq hamkorlik va koordinatsiya zarur.
Unilever oziq-ovqat va maishiy kimyo mahsulotlari jahon bozori yetakchilaridan hisoblanadi. 2015 yilda kompaniyaning tushumi 53,3 mlrd yevroni, sof daromadi esa 4,9 mlrd yevroni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 01.05.2026
Erondagi urush fonida gigiyena vositalarining narxi ham qimmatlashyapti
11:53 / 05.09.2024
Unilever Rossiyadagi biznesini sotishga rozi bo‘ldi
11:18 / 18.02.2017
Unilever kompaniyasi Kraft Heinz bilan birlashishdan bosh tortdi
00:01 / 18.02.2017