Bismillahir rohmanir rohiym
Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salavotu durudlarimiz bölsin.
Har bir insonning asl vatani öz uyidan boşlanib, söng mahallaga yoyiladi. Mahallalar majmuasidan esa qişloq va şaharlar taşkil topadi. Söngra bir neça qişloq va şaharlar birikmasidan butunboşli yurt, Vatan taşkil topadi. Buni bejiz keltirayotganimiz yöq. Çunki har bir vatanparvarman, degan kişi, avvalo, öz uyi daxlsizligini har taraflama ta'minlay olişi kerak. Ya'ni oila a'zolarini nafaqa, kiyim-keçak va turar-joy bilan ta'minlaşi şart. Bundan taşqari, mazkur ta'minotni özigina emas, balki qaramoğida bölganlarni emin-erkin hayot keçirişlari va özlarining şaxsiy ehtiyojlari tufayli qilinişi lozim bölgan işlarni bemalol ado eta oladigan darajada xavfsizliklarini ta'minlaşi kerak. Mazkur vazifalarni barçasi xonadonning qörğoni, qal'asi, himoyaçisi bölmiş erkakning zimmasida böladi. Demak har bir xonadonning erkagi öz xonadonida bölişi kerak bölgan barça şart-şaroitlarni imkoniyat darajasida yuzaga çiqarar ekan, öz-özidan mahalla ham har taraflama obod bölib, tinçlik va xotirjamlikka erişadi. Uşbu doirani bir oz kengaytiradigan bölsak, butunboşli qişloq, şahar va ulardan taşkil topgan yurt ham öz-özidan mutlaq tinçlik, xotirjamlik va osoyiştalikka erişadi. Çunki bunday vatanning bağridagi har bir şaxs özining oldidagi burç va mas'uliyatlarini benuqson ado etayotgan böladi. Şundan kelib çiqib ayta olamizki, özining oilasidagi tinçlik, xotirjamlikni va farovon turmuşni ta'minlay olmagan kişi qanday qilib, butun boşli vatanning tinçligi va daxlsizligini ta'minlay oladi? Demak vatan sarhadlarining daxlsizligini ta'minlaş uçun şu yurt aholisining hammasi yoppasiga çegarada qöriqçi bölib turişi şart emas. Balki har bir şaxs özining egallagan örni va mavqeidan kelib çiqib, oldidagi burç va mas'uliyatlarini ado etsa, öz-özidan vatanning himoyasi uçun ulkan hissa qöşgan böladi.
E'tibor beradigan bölsak, hadisi şariflarda çegara poylaşlik şariatdagi eng buyuk ibodatlarning savoblariga tenglaştirilyapti. Va unda halok bölişlikning mukofoti şahidlik maqomi ekanligi ham aytib ötilyapti. Demak mömin-musulmonlar hayotga bir taraflama qaramasdan, kengqamrovli holatda nazar solişlari kerak bölar ekan. Ba'zilarga öxşab dunyoni deb oxiratni yoki oxiratni deb dunyoni tark etib qöymasdan, har ikkalasini birdek uşlagan holatda, ularni obod qiliş uçun jonni fido qilib bölsa ham xizmat qiliş kerak.
Yuqorida har bir inson özining sohasi, qobiliyati, iqtidori va imkoniyatlaridan kelib çiqib vatanining himoyasi uçun xolis xizmat qilişini aytib ötdik. Bu borada sahobai kiromlardan örnak olsak, arziydi:
















