Android muallifi Endi Rubin smartfonlar ishlab chiqaradi

Foto: Bloomberg
Android dasturiy ta'minoti muallifi Andy Rubin Essential brendi nomi ostida smartfonlar, planshetlar va boshqa shu kabi iste'mol qurilmalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2014 yilda Google kompaniyasini tark etgan mutaxassis rejasi haqida Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Rubin 40 kishidan iborat jamoani shakllantirgan, unga Apple va Google kompaniyalarining sobiq xodimlari kirgan. Android muallifining o‘zi loyiha bosh direktori lavozimini egallagan. 2016 yil oxirida ro‘yxatga olingan Essential brendi smartfonlar, planshetlar, aksessuarlar va «mobil qurilmalari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqish» uchun mo‘ljallangan. The Information nashri 2016 yil dekabrida Rubin yangi mobil telefon ustida ishlayotgani haqida yozgan edi.
Ayni vaqtda Essential nomli smartfon prototip bosqichida, biroq Rubin hozirdanoq uni iPhone va Google Pixel kabi qurilmalar singari yuqori narxda sotishni rejalashtirgan, deb aniqlik kiritgan Bloomberg. Xususan, unda eng yuqori materiallar qo‘llaniladi.
Essential ishlab chiqaruvchilari qurilmalar uchun yangi ulanish tirqishini ham barpo etish niyatida. Aniqrog‘i, quvvatlash tirqishiga joylanadigan yangi modul boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi. Masalan, muhandislar 360 darajali tasvir olish imkonini beradigan kamera ustida ishlashmoqda. Essential loyihasida, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning modullaridan ham foydalanish imkoniyatiga e'tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, Essential qurilmalarini 2017 yil o‘rtalarida sotishni boshlaydi. Ammo, hozircha Rubin vakillari bu xabarlarga izoh berishmagan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025