Jahon | 08:43 / 14.01.2017
6076
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta davlat diplomatlari Suriya bo‘yicha Ostonadagi uchrashuvga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

Rossiya, Turkiya va Eron diplomatlari Moskvadagi maslahatlashuvlarda Ostonada bo‘lishi rejalashtirilayotgan Suriya bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlikni muhokama qilishdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.  

"Muhokamada 23 yanvarda Ostonada o‘tishi belgilangan Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro uchrashuvga tayyorgarlik va uni o‘tkazish masalalariga e'tibor qaratildi. Ostonadagi forum Suriyadagi jangovar harakatlarni uzoq muddatga va barqaror to‘xtatishni ta'minlashga, terrorchilik guruhlari bilan kurashni davom ettirishga hamda Suriya inqirozini BMT rezolyutsiyalari asosida siyosiy hal qilish jarayoniga zarur turtki berish maqsadida o‘tkazilishi haqida umumiy fikr bildirildi", deb aytildi xabarda.

Maslahatlashuvlarda Rossiya tomonidan Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va tashqi ishlar vazirining Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha maxsus vakili, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika departamenti direktori Sergey Vershinin, Eron va Turkiyadan tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. 

Ostonadagi maslahatlashuvlar 23 yanvarda boshlanadi. Unda Suriya hukumati va qurollangan muxolifat vakillari ishtirok etishadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid