Bolgariyada parranda grippi avj olmoqda

Bolgariya hukumati butun mamlakat bo‘ylab parranda grippining 63 o‘chog‘ini qayd qildi, 430 mingdan ko‘proq qush zararlangan. Ulardan aksariyati yo‘q qilingan, deb ma'lum qildi Bolgariya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri vazifasini bajaruvchi Desislava Taneva.
Novinite agentligining ma'lum qilishicha, qushlarning eng ko‘p miqdorda zararlanishi Plovdiv shahri yaqinida qayd qilingan. Zararlangan qushlarning asosiy qismi o‘rdaklar bo‘lib, bolgariyalik fermerlar oxirgi mahal bu parrandani ko‘proq yetishtira boshlaganlar.
Tanevaning aytishicha, kasallik avj olishining asosiy sababi parrandalar yetishtiriladigan fermalarda gigiyenik me'yorlarga amal qilmaslik hisoblanadi. Mamlakat hukumati muammoni hal qilish uchun 1 mln lev (540 ming dollar) ajratdi, biroq buning uchun 5 marta ko‘proq mablag‘ talab qilinishi mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, epidemiya sababli tuxumlar narxi kamida 10 foizga oshib ketadi.
Mavzuga oid

10:14 / 20.06.2025
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi

13:58 / 10.06.2025
O‘zbekiston va Bolgariya o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradi

21:30 / 09.06.2025
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

16:35 / 08.06.2025